Samarqand davlat universiteti TDIUSFda innovasion haftaligida ishtirok etdi.
Samarqand davlat universiteti Malayziya universitetlari bilan hamkorlikda vebinarlar o‘tkazmoqda
Samarqand davlat universitetida AQShlik professor smenar o’tkazdi
Samarqand davlat universiteti Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi 5 ta muhim tashabbus aks ettirilgan ko‘rgazmalar namoyishida ishtirok etdi
Samarqand Davlat universiteti Xalqaro innovatsitalar va texnologiyalar transferi markazi Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan miniquyosh panellarini ishlash faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi
Innvatsion rivojlanish vazirligi Samarqand hududiy birlashmasi xodimlari Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan g‘oyalar bilan yaqindan tanishib chiqdi va ular ichidan amaliyotga tadbiq qilinadigan eng muhimlarini tanlab olindi
O’zbekistonda birinchi bor Lyublin texnologiyalar universiteti (Polsha), Samarqand davlat universitetlari o’rtasida innovasion texnologiya skaneri bo’yicha ish boshlandi.
2021-02-20
Samarqand shahridagi Mustafo Kamol Otaturk ko’chasi va Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘i yonidagi maydonda viloyat sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi doirasida harbiy texnika, qurol-aslahalar hamda Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus aks ettirilgan ko‘rgazmalar namoyishida Samarqand davlat universiteti Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi xodimlarilari ham universitetdagi yosh olimlar ixtirolari ko‘rgazmalari bilan qatnashishdi. Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o’z ichiga oladi. Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma`naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.