Samarqand davlat universiteti TDIUSFda innovasion haftaligida ishtirok etdi.
Samarqand davlat universiteti Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi 5 ta muhim tashabbus aks ettirilgan ko‘rgazmalar namoyishida ishtirok etdi
Samarqand Davlat universiteti Xalqaro innovatsitalar va texnologiyalar transferi markazi Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan miniquyosh panellarini ishlash faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi
Samarqand davlat universitetida AQShlik professor smenar o’tkazdi
Samarqand davlat universiteti Malayziya universitetlari bilan hamkorlikda vebinarlar o‘tkazmoqda
Samarqandning tarixiy binolari 3D-modellari asosida bolalar konstruktorlik o’yinchoqlari va mobil ilova yaratish
Innvatsion rivojlanish vazirligi Samarqand hududiy birlashmasi xodimlari Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan g‘oyalar bilan yaqindan tanishib chiqdi va ular ichidan amaliyotga tadbiq qilinadigan eng muhimlarini tanlab olindi
2021-07-09
Samarqand davlat universitetining raqamli texnologiyalar fakulteti matematik modellashtirish kafedrasi hamda University Technology MARA universiteti kompyuter ilmlari va matematika fakulteti bilan hamkorlikda Matematik modellashtirish bo‘yicha turkum vebinarlar o‘tkazmoqda. Unda har ikki universitetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari faol ishtirok etmoqda. Bugungacha o‘tkazilgan vebinarlarda SamDU matematik modellashtirish kafedrasi dotsenti Bekzod Fayziyev “Ko‘p bosqichli kinetika tenglamasi asosida g‘ovak muhitda suspenziya sizishi matematik modeli” va “Matematik modellashtirishda kasr tartibli hosilalardan foydalanish” mavzularida ma’ruza qildi. Endilikda keyingi ma’ruzalarda, Ilyos Rabbimov, Shohrux Suvonovlarning “Model parametrlarini identifikatsiya qilish”, “Tillarni modellashtirish: o‘zbek tili misolida”, “Sun’iy neyron tarmoqlariga kirish va ularning tibbiyotga tatbig‘i” nomli ma’ruzalari rejalashtirilgan. Abdusattor Boboyorov, SamDU raqamli texnologiyalar fakulteti dekani, dotsent: - Ilm-fan chegara bilmasligi kerak. Ilm-fan alohida olingan bir hudud yoki mamlakat miqyosida qolib ketmasligi zarur. Ilm-fan yutuqlari butun insoniyatga xizmat qilishi kerak. Samarqand davlat universiteti brendi uchun butun dunyo eshiklari ochiq. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun yoshlarimiz bugun bir necha tillarni bilishi, axborot texnologiyalari bilan qurollangan bo‘lishlari zarur. Biz raqamlashtirish texnologiyalari rivojlangan taraqqiy etgan mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari bilan aloqa o‘rnatishga, kadrlar tayyorlashda, o‘zaro tajriba almashishga harakat qilyapmiz. Tan olib aytish kerak, bu soha biz uchun nisbatan yangi soha. Bu nimani anglatadi. Yanada ko‘proq ishlashimiz, harakat qilishimiz lozim. Bugun O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilm-fan e’zozlanmoqda. Olimlar qadrlanmoqda. Endigi vazifa mana shu ishonchga, g‘amxo‘rlikka munosib javob qaytarishdir. Bekzod Fayziyev, SamDU raqamli texnologiyalar fakulteti, matematik modellashtirish kafedrasi dotsenti: - O‘tkazilayotgan vebinarlar xorijlik olimlar bilan o‘zaro muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda. Dunyo miqyosida yetakchi o‘rinlarda turuvchi universitetlar bilan o‘tkazilayotgan bunday vebinarlar yangi hamkorliklarni o‘rnatish, o‘zaro tajriba almashish, universitetimiz xalqaro imidjini oshirishga xizmat qiladi. Ma’lumot uchun, University Technology MARA universiteti Malayziyaning eng yirik universitetlaridan biri bo‘lib, dunyoning nufuzli agentliklari reytingida TOP 1 000 talikka kiradi. Bugungi kunda universitetda 500 dan ortiq yo‘nalishlarda ta’lim beriladi. 200 ming talabalarga 20 mingga yaqin professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqda.