ALIFATIK VA AROMATIK SPIRT VA ALDEGIDLARNI AMMIAK BILAN SIANLAB BIR BOSQIChDA NITRILLAR OLISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Murodov Qodir Murodovich
Tatqiqot
shakli
shakli
Kimyoviy kinetikaning eksperimental usullari, oqimli katalitik reaktor, IK-, UF-, YaMR-spektroskopiya, gaz-xromato-mass-spektroskopiya (GX-MS), skanirlovchi elektron mikroskopiya, statistik usullar.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksasiyalangan jurnallarda chop etiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Oxirgi yillarda nitrillar ko’p tonnali mahsulotlarga aylanmoqda. Jumladan sanoat miqyosida tarkibida C1-C3 tutgan alifatik nitrillar va adipin kislotasining dinitrili ishlab chiqarilmoqda. Ular kimyo sanoatining asosiy mahsulotlariga aylanib, xalq xo’jaligining turli sohalarida keng qo’llanilib kelinmoqda. Ularning asosiy qismi polimer moddalar ishlab chiqarishda, ko’pchilik sanoat miqyosida olib boriladigan jarayonlarda erituvchi sifatida, gerbisidlar, turli dorivor moddalar ishlab chiqarishda, moddalarni ajratib olishda ekstragent sifatida qo’llanib kelinmoqda. O’zbekistonda “Navoiyazot” ishlab chiqarish korxonasida to’yinmagan akril kislotasining nitrilidan “nitron” sintetik tolasi ishlab chiqarilmoqda. O’zbekistonda boshqa turdagi nitrillar ishlab chiqarilmaydi, chetdan keladigan ba’zi turlari juda qimmat bo’lganligi uchun katta valyuta talab etadi. Bu borada Samarqand davlat universiteti olimlari tomonidan qator yillar davomida alifatik va aromatik normal va izo-tuzilishga ega bo’lgan turli spirtlarning ammiak bilan sianlash reaksiyalari mukammal o’rganilgan. Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida S2 – S12 alifatik va qator aromatik nitrillar sintez kilish uchun yuqori samarador katalizatorlar yaratildi va ular ishtirokida borayotgan jarayonlarning kinetik qonuniyatlari mukammal o’rganib chiqildi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Alifatik va aromatik spirtlarni ammiak bilan sianlab nitrillar olish reaksiyasi uchun “zol-gel” usulida mahalliy xomashyolar asosida yuqori unumdorlikka, selektivlikka va faollikka ega bo’lgan yangi nanokatalizator tanlash hamda nitrillar sintezi jarayonini amalga oshirish, tanlangan katalizatorning qo’llanilish imkoniyatlarini tadqiq etish hamda jarayonning kinetik qonuniyatlarni differensial reaktor sharoitida o’rganish asosida reaksiyaning kinetik tenglamasini va borish mexanizmini taklif etish.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-05-04