BEDA TA’SIRIDA TUPROQ GUMUS HOLATINI YAXShILASh MEXANIZMI
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Ortiqov To’lqin Qo’chqorovich
Tatqiqot
shakli
shakli
Samarqand viloyati fermer xo’jaliklarining barcha tuproqlarida ilmiy ishlanma joriy qilinadi.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksasiyalangan jurnallarda chop etiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Unumdorligi va xossalari bir-biridan farq qiladigan turli tuproq tip va tipchalarida beda ekilib tuproqning agrofizik, agrokimyoviy va mikrobiologik xossalarini hamda suv, issiqlik, oziq va havo rejimlarini o’zgarishi tekshirib boriladi va beda ta’sirida ushbu xossalarni o’zgarish qonuniyatlari aniqlanadi. Bunda tuproqning gumus holati, zichligi va qattiqligi, suv o’tkazish va nam sig’imi, strukturasi, havo almashinuvi, oziq moddalar miqdori va singdirish sig’imi alohida hisobga olinadi. Mineral o’g’itlar samaradorligini qay darajada bo’lishi, azotli o’g’itlar qo’llamasdan va tuproqqa ishlov bermasdan beda yetishtirish nimaga olib kelishi tadqiqot qilinadi. Bedadan keyin ekilgan g’o’za va kuzgi bug’doy ekinlarini oziqlanishi, suvga bo’lgan talabi, o’g’itlar va sug’orish tizimining o’ziga xosligi tadqiqot qilinib aniqlanadi. Yem-xashak chiqishi va chorvachilikni rivojlanish imkoniyatlari o’rganiladi va bu bo’yicha xulosalar qilinadi. Chorvachilikni rivojlanishi organik o’g’it chiqishiga qay darajada ta’sir qilishi va organik o’g’itlar bilan ta’minlanish darajalari hamda uni tuproqqa ta’siri aniqlanadi. Bu ishlarni bajarish uchun kerakli laboratoriyalar, asbob-uskunalar, jihozlar va metodikalar mavjud.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Bedaning tuproq xossalari va rejimlariga ta’siri aniqlanib bu borada xulosalar chiqariladi. Beda ta’sirida tuproq gumus holatini yaxshilanish mexanizmlari aniqlanadi va gumus holatini yaxshilanishini tuproq unumdorligi va meliorativ holatiga ta’siri aniqlanib, uni boshqa ekinlar hosildorligiga ta’siri aniqlanadi. Olingan ma’lumotlarni Samarqand viloyati tuproqlarida joriy qilish imkoniyati yuzaga keladi. Samarqand viloyati tuproqlarining unumdorligi, xossalari, rejimlari, ekologik va meliorativ holati yaxshilanadi, g’o’za va g’alla ekinlari hosildorligi ortadi, yem-xashak hajmi ortib, narxi tushib chorvachilik rivojlanadi, go’sht va sut mahsulotlari ko’payib arzonlashadi, dehqonchilik uchun o’ta zarur bo’lgan organik o’g’it samog’i ko’payib viloyatda tuproq unumdorligi keskin ortadi, mineral o’g’itlarga, ayniqsa azotli o’g’itlarga bo’lgan talab keskin kamayadi. Dehqonchilik va chorvachilikning samarali yopiq aylanma tizimi yuzaga keladi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-06-04