IShLAB ChIQARISh KORXONALARIDAN AJRALIB ChIQADIGAN ZARARLI MODDALARNI YUQORI SAMARADA TOZALASh ZARURATI
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Keldiyarova Gulmira Farxodovna
Tatqiqot
shakli
shakli
Changsimon moddalarni yuqori samarada tozalash uskunasi yaratildi va Urgut tumanidagi “Urgut textile shifer” MChJda ikkinchi bosqichli uskuna sifatida sinovdan o’tkazildi va joriy qilindi.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksasiyalangan jurnallarda chop etiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Faoliyat ko’rsatayotgan korxonalardagi uskunalarning ma’naviy eskirishi, tozalash uskunalarining samaradorligi pasayib ketishi, ularning o’rniga zamonaviy turlarini qo’llash, yuqori samarada ishlaydigan uskunalarni yaratish, chang gaz tozalash uskunalarining tozalash samaradorligini oshirishni ilmiy jihatdan asoslash muhim hisoblanadi. Ushbu amaliy tadqiqot ishida turli sohadagi ishlab chiqarish sanoat korxonalarida chang-gaz tozalash uskunalarini takomillashtirish, samaradorligini oshirishni ilmiy asoslagan holda atrof muhitning me’yoridan ortiq ifloslanishi oldi olinganligi ma’lum bir hudud miqyosida o’rganilgan. Bundan tashqari, korxonalarning atrof-muhitga ta’sir doirasi bugungi kundagi zamonaviy loyihalar asosida tahlil qilingan. Birinchi bosqich – Sanoat va qurilish korxonalari ishlab chiqarish sexlaridagi changsimon moddalarni tozalash uskunalari to’g’risida ma’lumotlari to’planadi. Ifloslantiruvchi manbalar xatlovdan o’tkaziladi; Ikkinchi bosqich – Sanoat hududida yangi qurilayotgan obyektlarning “Atrof muhitga ta’sir to’g’risida bayonot (AMTTBL)”, “Ekologik oqibatlar to’g’risida bayonot (EOTB) loyihalari ishlab chiqiladi, atrof muhitga ta’siri baholanadi; Uchinchi bosqich–yangi turdagi chang gaz tozalash uskunalari yaratiladi va ishlab chiqarish korxonalarida joriy etiladi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalaridagi changsimon moddalarni tozalash uskunalar ish samaradorligi oshiriladi, korxonalarning atrof- muhitga ta’siri kamaytiriladi. “Sanoat korxonalarida yangi texnologiyalarni joriy qilish” nomli ishlanmalar korxonalarning REChM normativ xujjatlarida keng qo’llaniladi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Texnologik tadbirni joriy etish orqali, Urgut tumanida shifer, g’isht va boshqa turdagi ishlab chiqarish korxonalaridagi chang gaz tozalash uskunalar ish samaradorligi ortadi, korxonaning atrof muhitga yetkazgan zarari uchun to’lanadigan komrensasiya to’lovlari qisqaradi. Atrof muhitga ta’siri kamaytiriladi, aholi ijtimoiy holati yaxshilanadi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-07-06