NAVOIY VA BUXORO VILOYATLARINING SHAMOL ENERGIYA RESURSLARINI ANIQLASH VA KARTALASHTIRISH
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Baratov Xabib
Tatqiqot
shakli
shakli
Navoiy va Buxoro viloyatlarining elektr-energiya beradigan shamol resurslarining meteorologik stansiyalar ma’lumotlari va Navoiy va Buxoro shaxarlarida 30-40 metr balandlikda o’lchanadigan yangi ma’lumotlar asosida o’rganiladi va shamol resurslari kartalari tuziladi. Kartalarda elektr-energiya beradigan shamol resurslari hamda hududlarning potensial shamol resurslari ko’rsatiladi.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yhatidagi va Web of Science, Scopus ma’lumotlar bazasida indeksiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda keng ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi hamma meteorologik stansiyalaridan shamol tezligi va yo’nalishi bo’yicha ko’p yillik ma’lumotlar yig’iladi, tahlil qilinadi. Navoiy va Buxoro shaxarlaridagi eng baland binolar tomiga shamol tezligi va yo’nalishi o’lchaydigan anemorumbometr asboblari o’rnatiladi va ikki yil davomida shamolning tezligi va yo’nalishi bo’yicha sutkada Grinvich vaqti bilan har 6 soatda 4 marotaba zudlik va maksimal tezliklar yozib olinadi. Ushbu ma’lumotlar shaxar meteorologik stansiya ma’lumotlari bilan taqqoslaniladi. Taqqoslashdan maqsad shamolga to’siqsiz balandliklardagi shamo tezligi bilan 10 metr balandlikdagi shamol tezligi farqini aniqlash hisoblanadi, bundan tashqari qo’l anemometri yordamida viloyatlarninshg turli hududlarida sutkalik, haftalik o’chash ishlari olib boriladi, bu ma’lumotlar ham yaqin meteorologik stansiyalar ma’lumotlari bilan taqqoslaniladi. Navoiy va Buxoro viloyatlarining shamol resurslari kartalari tayyorlaniladi. Kartalarda shamol tezligi bo’yicha viloyatlar alohida hudadlarga ajratiladi va shamoldan elektr-energiya olinadigan istiqbolli hududlar ko’rsatiladi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Samarqand shaxrida 40 metr balandlikda shamol tezligi 2015 yildan hozirgacha o’lchanmoqda va olingan natijalar Samarqand shaxar mateorologik stansiyasidagi 10 metr balandlikdagi shamol tezligi bilan taqqoslanildi. Olingan natijalar 40 metr balandlikda 10 metr balandlikka nisbatan 2.0-2.5 marotaba shamol kuchliligi isbotlandi. Navoiy va Buxoroshaxarlaridagi o’lchov ishlari ushbu ko’rsatkichni takrorlasa, shamoldan energiya oladigan agregatlarni qancha balandlikga o’rnatish va ulardan qancha miqdorda energiya olish aniq bo’ladi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-09-06