SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA ISTIQBOLLI, NOYOB, MANZARALI DARAXT VA BUTALARNI KO‘PAYTIRISH VA PLANTASIYALARINI YARATISH
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Haydarov Xislat Qudratovich
Tatqiqot
shakli
shakli
Istiqbolli noyob manzarali daraxt va butalarni intensiv ko’paytirish agrotexnologiyasi Samarqand shahrida yashil hududlarni kengaytirishda qo’llaniladi va agrotexnik tadbir Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasiga joriy etiladi.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksasiyalangan jurnallarda chop etiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Manzarali daraxtlar shahar va qishloqlarni ko’rkiga-ko’rk bag’ishlaydi. Xususan magnoliya, lola daraxti, kashtan, arg’uvon, katalpa, eman, shoyi akasiya, metasekvoya, kedr, ginkgo biloba, sarv kabi manzarali daraxtlar va perakanta, buddleya, gortenziya, amorfa, jasmin, spireya kabi bargi va guli jozibador bo’lgan butalarni ko’paytirib, ko’cha va xiyobonlarga ekish zarurdir. Xiyobonlar, gulzorlar insonlarga estetik zavq berib qolmasdan, ularni dam olish va asab tizimini tinchlantiradi hamda mikroiqlimni bir muncha yaxshilaydi. Respublikamizda aholi yashash joylari, dam olish maskanlari, korxona va tashkilotlar xududlarini ko’kalamzorlashtirishda manzarali, atrof muhitga ijobiy ta’sir qiluvchi, xom-ashyo tariqasida yuqori samara beradigan daraxtlarni ko’paytirishga katta e’tibor berilmoqda. Loyihani tugallanishi va yangi yil boshidan yuqorida qayd etilgan istiqbolli daraxt va butalarni mahalliy xalqqa, korxonalarga, tashkilotlarga va boshqa xo’jaliklarga sotiladi va loyiha muddati tugagandan so’ng ham loyiha ishtirokchilari ish bilan taminlanadi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Ushbu loyiha joriy etilsa noyob, manzarali daraxt va butalarni kolleksiyasi yaratiladi, ko’kalamzorlashtirish uchun taqdim etiladi, boshqa mamlakatlardan keladigan ko’chatlarni o’rni qoplanib valyuta chiqishi kamayadi. Bundan tashqari istiqbolli daraxt va butalarni gen banki yaratiladi, kamida 2 ta dissertasiya tayyorlaniladi va himoya qilinadi, yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-05-04