VERTIKAL TOG‘ IShLANMASI ANKER-SOChMABETON MUSTAHKAMLAGICh PARAMETRLARINI HISOBLASh VA OPTIMALLAShTIRISh MATEMATIK MODELI
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Xudoynazarov Xayrulla
Tatqiqot
shakli
shakli
Amaliy, mustahkalagich (krep) ishini va tog’ bosimi ta’sirini hisobga olgan holda vertikal tog’ ishlanmalari kuchlangan-deformasiyalangan holati haqidagi yangi amaliy masalalarni qo’yish va yechish; tog’ jinslari massivining turg’unligini baholash va oldindan aytish (prognozirovaniye) yangi usullarini ishlab chiqish hamda anker-sochmabeton mustahkamlagich parametrlarini aniqlash va ankerlarni optimal joylashtirish matematik modeli yaratiladi.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yhatidagi va Web of Science, Scopus ma’lumotlar bazasida indeksiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda keng ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Tog’ jinslari massivining turg’unligini baholash va prognoz qilish yangi usuli ishlab chiqiladi. Olingan natijalar asosida vertikal tog’ ishlanmasi devorlarining anker-sochma-beton mustahlagichi parametrlarini hisoblash usuli yaratiladi. Tog’ bosimining chuqurlik bo’yicha o’zgarishini hisobga olgan holda anker-sochma-beton mustahkamlagich parametrlarini hisoblash matematik modeli yaratiladi. Yaratilgan nazariya natijalari amaliyotda injenerlar tomonidan qo’llanilishini avtomatlashtirish uchun maxsus kompyuter programmalari yaratiladi Loyihani amalga oshirish bilan quyidagi natijalarga erishiladi: - tog’ jinslari massivining turg’unligini baholash va prognoz qilish yangi usuli ishlab chiqiladi; - olingan natijalar asosida vertikal tog’ ishlanmasi devorlarining anker-sochma-beton mustahlagichi parametrlarini hisoblash usuli yaratiladi; - tog’ bosimining chuqurlik bo’yicha o’zgarishini hisobga olgan holda anker-sochma-beton mustahkamlagich parametrlarini hisoblash matematik modeli yaratiladi. - yaratilgan nazariya natijalari amaliyotda injenerlar tomonidan qo’llanilishini avtomatlashtirish uchun maxsus kompyuter programmalari yaratiladi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Yaratilgan matematik model geologiya-razvedka ekspedisiyalari, tog’-kon korxonalari, ishlab chiqarish, xususan NTMK, OTMK, qurilish va boshqa korxonalari va loyihalash institutlarida amaliyotga joriy qilinishi mumkin. Olingan natijalar O’zbekistonning tog’-kon sharoitlarida qaziladigan vertikal tog’ ishlanmalari devorlarini mustahkamlashda qo’llaniladi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-03-19