ZARARLI MODDALARNI KAMAYTIRISh VA XIDSIZLANTIRISh TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Madjidova Tanzila Raximovna, Keldiyarova Gulmira Farxadovna
Tatqiqot
shakli
shakli
Chang-gaz tozalash uskunalari, chang-gaz aralashmalarini o’tkazuvchi quvurlar murakkab texnologik jarayonlar bo’lib, ularda yangi va zamonaviy turlarini qo’llash, modernizasiyalash atrof-muhitga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Chang gaz tozalash uskunalarini modernizasiya qilish orqali ularning samaradorligini oshirish loyihasini amalga oshirishda parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash, kelajakda ekologik muhitni o’zgartirishini bashorat qilish va tahlillar asosida o’rganish imkonini beradi. Ushbu amaliy tadqiqot loyihasida chang-gaz tozalash uskunalarida zamonaviy, tozalovchi uskunalar, ventilyasiya tarmoqlarini takomillashtirish, samaradorligini oshirishni ilmiy asoslash orqali atrof tabiiy muhitning me’yoridan ortiq ifloslanishi va aholi salomatligiga ta’siri oldi olinadi. Mazkur uskuna suv purkagich (forsunka)lar, to’siqlar, namlab turuvchi qatlamlar va suv uzatish nasosidan iborat bo’lib, boshqa analoglardan shu bilan farqlanadiki, badbo’y xidni yo’qotuvchi suyuqlik uzatuvchi suv purkagich (forsunka)lar va havoni tozalab atmosferaga tashlash imkoniyati mavjud bo’lgan nam filtrlar ila jixozlanganligi bilan farq qiladi.
Areas of research form
Parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish korxonalarida qo’llash tavsiya etiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Ishlab chiqarish korxonalaridagi atmosfera havosiga tashlanma tashlaydigan manbalari xatlovdan o’tkaziladi, ruxsat etilgan chegaraviy me’yor loyihalari ishlab chiqiladi, parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini baholashda zamonaviy metodlardan foydalanish yanada takomillashtiriladi. Yangi turdagi chang-gaz tozalash uskunalarini ikkinchi bosqichli tozalash uskunasi sifatida qo’llanilishi keng yo’lga qo’yiladi. Tasdiqlangan normalar bo’yicha ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarib tashlashning me’yorida amal qilinishi optimallashtiriladi. Korxonalarning aholi salomatligiga ta’siri kamaytiriladi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Samarqand viloyatidagi parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish korxonalaridagi chang-gaz tozalash uskunalaridan ajralib chiqadigan badbo’y xidlar bartaraf etiladi. Uskunalar ish samaradorligi 80 %dan 90% ga oshiriladi, yangi turda yaratilgan hidsizlantirish uskunalari qo’llanilishi hisobiga uskuna tan narxi 17-18 barobar arzonlashtiriladi. Ifloslantiruvchi moddalar kompleks tahlillar asosida o’rganiladi va salbiy oqibatlar bartaraf etiladi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar