QORAQALPOG‘ISTON IQLIM ShAROITIGA MOS AMARANT O‘SIMLIGINI YETIShTIRISh AGROTEXNOLOGIYASINI IShLAB ChIQISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Xashimov Farxod Xakimovich
Tatqiqot
shakli
shakli
Amaliy bo’lib, Qoraqalpog’iston tuproq-iqlim sharoitida dorivor, oziq-ovqat va yem-xashak uchun asosiy va takroriy ekiladigan amarantni differensial yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Chunki Qoraqalpog’iston sharoitida tuproqlarning meliorativ holati yomonlashib ularning ancha qismi qishloq xo’jalik obortidan chiqib ketgan. Qishloq xo’jaligida foydalanib kelinayotgan yerlarning ham sezilarli qismi meliorativ holati yomonligi sababli samarasiz foydalanib kelinmoqda.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yhatidagi va Web of Science, Scopus ma’lumotlar bazasida indeksiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda keng ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
O’zbekiston sharoitida amarant yetishtirishning yuqori samarali agrotexnologiyalari ishlab chiqiladi. Farmasevtika va oziq-ovqat sanoati uchun import o’rnini bosuvchi xom-ashyo paydo bo’ladi. Tuproq unumdorligi va meliorativ holati yaxshilanadi. To’yimli ozuqa sifatida chorvachilikni rivojlantirishga hissa qo’shadi. Loyihani amalga oshirish bilan quyidagi natijalarga erishiladi: Meliorativ holati yomon bo’lgan sho’rlangan va sho’rtoblangan tuproqlarni kimyoviy va fitomeliorativ usulda tuz rejimini yaxshilash va unumdorligini oshirish texnologiyalari ishlab chiqiladi. Qoraqalpog’istonni sho’rlangan va sho’rtoblangan hamda nam tanqis yerlarida dorivor, oziq-ovqat va yem-xashak uchun amarantni asosiy va takroriy ekin sifatida yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Amarantdan moy olish, omuxta-yem tayyorlash texnologiyalari ishlab chiqiladi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Amarant to’ppasi va yer ustki qismidan omuxta yem tayyorlash texnologiyalari ilmiy asosda ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. Bu regionda chorvachilikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-08-28