FARMASEVTIKA SANOATI UChUN QORA ANDIZ (INULA HELENIUM L.) VA TOL BARGLI ANDIZNING (INULA GRANDIS SCHRENK) O‘SIMLIKLARINI INTENSIV YETIShTIRISh HAMDA XOM-AShYO BAZASINI YARATISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Haydarov Xislat Qudratovich
Tatqiqot
shakli
shakli
Amaliy bo’lib, Qora andiz (Inula Helenium L.) va tol bargli andizning (Inula grandis Schrenk) o’simliklarini ildizpoyalarini dastlab in-vitro usulida ko’paytirish, keyin dala sharoitida o’stirib sifatli xom-ashyo tayyorlash.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yhatidagi va Web of Science, Scopus ma’lumotlar bazasida indeksiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda keng ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Qora andiz (Inula Helenium L.) va tol bargli andizning (Inula grandis Schrenk) o’simligi xom-ashyosini dala sharoitida ko’paytirish yo’lga qo’yilgach, farmasevtika sanoati uchun efir moyli tarkibli dori preparatlari tayyorlash imkoniyati tug’iladi. Chetdan olib kelinayotgan dori preparatlari uchun sarflanadigan valyuta tejab qolinadi. Loyihani amalga oshirish bilan quyidagi natijalarga erishiladi: - Qora andizni (Inula Helenium L.) va tol bargli andizning (Inula grandis Schrenk) in-vitro usulida ildizpoyalarini ko’paytirish; - O’simlikni dala sharoitida o’sish va rivojlanishi o’rganish; - Intensiv o’stirish texnologiyasini ishlab chiqish; - Farmasevtika sanoati uchun ildizpoyalaridan sifatli xom-ashyo tayyorlash texnologiyasini mahalliy sharoitga moslashtirish
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
- Qora andiz (Inula Helenium L.) va tol bargli andizning (Inula grandis Schrenk) o’simligi xom-ashyosini dala sharoitida ko’paytirish yo’lga qo’yilgach, farmasevtika sanoati uchun efir moyli tarkibli dori preparatlari tayyorlash imkoniyati tug’iladi; - Chetdan olib kelinayotgan dori preparatlari uchun sarflanadigan valyuta tejab qolinadi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-06-26