

INTENSIV YONG’OQ BOG’LARIDA TOMChILATIB SUG’ORISh ShAROITIDA MINERAL VA ORGANK O’G’ITLARDAN SAMARALI FOYDALANISh TEXNOLOGIYASI
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Ortiqov To’lqin Qo’chqorovich

Tatqiqot
shakli
shakli
Samarqand viloyati fermer xo’jaliklarining barcha tuproqlarida ilmiy ishlanma joriy qilinadi
Areas of research form
Tadqiqot natijalari Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksasiyalangan jurnallarda chop etiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Tomchilatib sug’orishda samarali o’g’it turlari, shakllari va ularni qo’llash me’yorlari va dozalari, nisbatlari, optimal eritma konsentrasiyasi, suv sifati va uni o’g’itlar samaradorligiga ta’siri, tomchilatib sug’orish suvi bilan berilgan o’g’itlarni mexanik tarkibi, zichligi va qattiqligi turlicha bo’lgan tuproqlar bo’ylab harakatlanishi maxsus dala tajribalarida tadqiq qilinadi. Bunda mineral o’g’itlarning turli minerallashish darajasidagi suvlarda erishi, eritma konsentrasiyasini o’zgartirishi, uni tuproq oziq rejimiga ta’siri o’rganiladi. Fertigasiya bilan birga oddiy tuproqqa qo’llash orqali o’g’itlarni ishlatish imkoniyatlari tekshirilib ko’riladi va organik o’g’itlarni tomchilatib sug’orish bilan berilayotgan mineral o’g’itlar samaradorligini oshirishdagi roli aniqlanadi. Tomchilatib sug’orish bilan berilayotgan o’g’itlar samaradorligini oshirishga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanib ularning optimal ko’rsatkichi tadqiqot orqali topiladi.

Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Tomchilatib sug’orish orqali berilayotgan mineral o’g’itlar samaradorligini, ya’ni fertigasiya samaradorligini oshirish yo’llari, ularni qo’llash me’yori, dozasi, muddati, nisbati, eritma konsentrasiyasini optimal parametrlarini tadqiqot orqali aniqlash yo’li bilan ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilinadi. Organik o’g’itlardan intensiv bog’larda samarali foydalanish texnologiyasi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy qilinadi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-06-04