

SAMARQAND VILOYATI ShAROITIDA ChAKANDA, KIZIL, DO‘LANA VA ZIRKNING ISTIQBOLLI FORMALARINI KO‘PAYTIRISh VA DASTLABKI PLANTASYALARINI YARATISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Haydarov Xislat Qudratovich

Tatqiqot
shakli
shakli
Chakanda (Hippophae rhamnoides L.), kizil (Cornus mas L.), do’lana (Crataegus turkestanica A.Pojark.) va zirk (Berberis integerrima Bunge.) xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda keng qo’llanilishini inobatga olgan holda ularni ko’paytirish va dastlabki plantasiyalarini yaratish maqsadga muvofiqdir
Areas of research form
Tadqiqot natijalari bo’yicha intellektual mulk obyektlariga tegishli hujjatlar olinadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yxatidagi va Wyeb of Science hamda Ssopus ma’lumotlar bazasida indeksasiyalangan jurnallarda maqolalar chop etiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Chakanda, kizil, do’lana va zirkning istiqbolli formalarining gen banki yaratiladi. Ularni yetishtirish agrotexnologiyasi bo’yicha tavsiyanoma ishlab chiqiladi. Xorijdan keltirilayotgan chakanda, kizil, do’lana va zirkning farmasevtik mahsulotlarini O’zbekistonda yetishtirish imkoniyati yaratiladi, ya’ni import oldi olinadi hamda valyuta tejab qolinadi. Loyihani amalga oshirish bilan quyidagi natijalarga erishiladi: Fermer xo’jaliklarida chakanda, kizil, do’lana va zirkning istiqbolli formalari ajratiladi, perspektiv genofondi yig’iladi (in-situ) va ko’paytiriladi. Mevalarining hajmi, ta’mi, hosildorligi va adaptiv belgilariga qarab perspektiv formalarning 5000 ta tupi ajratiladi va dastlabki onalik plantasiyalari yaratilib, biologik faol moddalarni aniqlash, ulardan unumli foydalanish yo’llari ishlab chiqiladi. Yaratilgan 10 ga plantasiya farmasevtika, oziq-ovqat, asalarichilik, parfyumeriya, veterinariya va boshqa soxalarga xomg’ashyo bazasi sifatida taqdim etiladi.

Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Chakanda, kizil, do’lana va zirkning istiqbolli formalarining gen banki yaratiladi. Ularni yetishtirish agrotexnologiyasi bo’yicha tavsiyanoma ishlab chiqiladi. Xorijdan keltirilayotgan chakanda, kizil, do’lana va zirkning farmasevtik mahsulotlarini O’zbekistonda yetishtirish imkoniyati yaratiladi, ya’ni import oldi olinadi hamda valyuta tejab qolinadi. Monografiya yoziladi. Yosh mutaxassislar jalb etilib (PhD) doktorlik dissertasiyasi bajariladi va himoya etiladi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-06-25