Innovatsiya va texnologiyalar transferi Sektori rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Youtube
  • Mail

Sayt bo‘yicha qidiruv

Samarqand davlat universiteti innovatsiya va texnologiyalar transferi Sektori
  • Yangiliklar
  • Markaz haqida
  • Investorlarga
  • Ishlanmalar
  • Bog'lanish
  • Ru
  • Eng
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish

TABIIY GAZDAN AROMATIK UGLEVODORODLAR OLIShDA XORIJIY TEXNOLOGIYALARNI MAHALLIYLAShTIRIShNI KENGAYTIRISh ZARURIYATI

Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Fayzullayev Normurot Ibodullayevich


Tatqiqot
shakli

Neft va neft mahsulotlarining tanqisligi motor yoqilg’ilari, quyi olefinlar va aromatik uglevodorodlar olishning muqobil usullarini yaratishni talab qilmoqda. Neft zahirasi yer qobig’ida chegaralangan bo’lganligiga qaramasdan uni qazib olish doimiy ravishda o’sib bormoqda. Shuning uchun arzon yoki narxi neftnikiga yaqin muqobil uglevodorodlar manbai talab etiladi. Uglevodorodlarning mavjud bo’lgan noneft manba-lari-ko’mir, tabiiy gaz, yog’och, biomassa va boshqalar orasida suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish-da eng istiqbollisi tabiiy gazdir. Ayni vaqtda dunyo miqyosida tabiiy gaz zahiralari 144 trln.m3 ni, O’zbekistonda 2 trln. m3 ni tashkil etadi. Avtomobil transportining rivoj-lanishi oqibatida neft yoqilg’isining ko’plab ishlatilishi dunyo miqyosidagi muammolarni keltirib chiqaradi. Avtomobillar chiqindi gazlar bilan atmosferaga ikki yuzga yaqin tur-li moddalarni chiqarib tashlaydi. Shuning uchun avtomobil transporti uchun noneft yoqil-g’i mahsulotlaridan foydalanish, muqobil energiya manbalarini izlab topish va ularni sanoatga joriy etish global vazifalardan biridir. Suyuq uglevodorodlar ishlab chiqa-rishni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishi XTL texnologiyasi bo’lib, u o’z ichiga tabiiy va yo’ldosh gazlardan, ko’mirdan hamda biomassadan suyuq uglevodorodlar olish jarayonlarini qamrab oladi. XTL texnologiyaga GTL (gas-to-liquid), CTL (coal-to-liquid), BTL (biomass-to-liquid) texnologiyalar kiradi. GTL–ishlab chiqarishni rivojlantirish energetikaning neft bilan bog’liq bo’lmasligi, GTL mahsulotlari ekologik toza yoqilg’i, GTL-tabiiy gaz eksportining muqobil yo’li ekanligi, neft qazib olishdagi yo’ldosh gazlaridan foydalanish imkoniyati yuqoriligi bilan maqsadga muvofiqdir.


Areas of research form

Kimyo va avtomobil sanoati, xalq xo’jaligi. Neft va tabiiy gazni qayta ishlashda qo’llash tavsiya etiladi.


Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida

Mahalliy xom ashyolardan foydalanib “zol-gel” usulida olingan katalizatorlarning termik barqarorligi, unumdorligi, selektivligi va faolligi fizik hamda fizik-kimyo-viy; termodinamik xarakteristikalari esa xromatografiya usullarida tadqiq etiladi; sintez qilingan katalizatorlar tabiiy gazdan motor yoqilg’ilari sintezi reaksiyasiga tadqiq etiladi; katalizatorlar ishtirokida tabiiy gazdan motor yoqilg’ilari sintezi reaksiyasi tezligiga turli omillarning ta’siri o’rganiladi; katalizatorlar ishtirokida tabiiy gazdan motor yoqilg’ilari hamda aromatik uglevodorodlar sintezi reaksiyasi qonuniyatlari tadqiq etiladi; tabiiy gazdan motor yoqilg’ilari sintezi reaksiyasi uchun yuqori unumdorlikka ega bo’lgan katalizatorlarni yarim sanoat usulida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun texnik reglamentlar tayyorlanadi; tabiiy gazdan motor yoqilg’ilari sintezi reaksiyasida qo’llanilish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Natijada tabiiy gazdan suyuq yoqilg’i ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo’ladi

TABIIY GAZDAN AROMATIK UGLEVODORODLAR OLIShDA XORIJIY TEXNOLOGIYALARNI MAHALLIYLAShTIRIShNI KENGAYTIRISh ZARURIYATI

Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish

Iqtisodiy samara xorijdan olib kelinayotgan katalizatorlarni mahalliylashtirish, yangi moddalar olish va texnologik jarayonlarni optimallashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik 100 tonna mahsulot (suyuq yoqilg’i)ga nisbatan 780 mln so’m ni tashkil etadi.


Tashkilot nomi va
rekvizitlar

Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy

Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418

Faks:+998 66 2391553, 2391561

Email:devonxona@samdu.uz


Markaz haqida

Bizning asosiy maqsadimiz innovatsion faoliyatni rivojlantirish, universitet va ishlab chiqarishning samarali hamkorligini

tashkillashtirish, ilmiytadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, SamDU bazasida innovatsion va texnologik kichik korxonalar va kompaniyalar tashkil etish

© 2021 SamDU Transfer Markazining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Diqqat! Xabarning aniqligiga etibor bering

Ishlab chiqilgan: MCoder.Uz