Innovatsiya va texnologiyalar transferi Sektori rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Youtube
  • Mail

Sayt bo‘yicha qidiruv

Samarqand davlat universiteti innovatsiya va texnologiyalar transferi Sektori
  • Yangiliklar
  • Markaz haqida
  • Investorlarga
  • Ishlanmalar
  • Bog'lanish
  • Ru
  • Eng
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish

ChIQINDILARNI QAYTA IShLASh VA KAM ChIQINDILI TEXNOLOGIYaLARNI JORIY ETISh

Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Keldiyarova Gulmira Farhodovna


Tatqiqot
shakli

Hozirgi kunning eng muhim ekologik muammolaridan biri hosil bo’lgan chiqindilarni hisobga olish, chiqindilar me’yori va joylashtirish limiti hisobini yuritish va kam chiqindili texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlashni keng yo’lga qo’yish choralarini to’g’ri tashkil etishdir. Ko’pgina chiqindilar zararli, ya’ni salomatlikka xavf soladigan chiqindi hisoblanadi. Sanoat va ishlab chiqarishning o’sishi bilan bir qatorda atrof muhitni muhofaza qilish masalalari ham dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tomonidan tabiatni muhofaza qilish borasidagi muammolar yechimini hal qilishda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib, keyingi yillarda bu borada qator Qonunlar qabul qilindi. Ushbu loyiha ishi 2002 yil 2 maydagi “Chiqindilar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan bajariladi. Mazkur loyiha asosida yaratilgan yangi turdagi chiqindilarni qayta ishlash uskunalari nafaqat ishlab chiqarish korxonalarida balkim, aholi yashash punktlarida ham joylashtirilsa bo’ladi. Uskuna ikki bosqichli, tez va oson regenerasiya jarayoniga ega, energiya tejamkor va o’ta zararli bo’lgan chiqindilarni zararsizlantirish texnologiyasi mukammal bo’lgan uskuna hisoblanadi.


Areas of research form

Ekologiya, ishlab chiqarish korxonalari va aholi yashash joylarida, chiqindilarni qayta ishlash va kam chiqindili texnologiyalarida qo’llash tavsiya etiladi.


Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida

Chiqindilarni joylashtirish limiti quyidagi maqsadlarda ishlab chiqiladi: ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’ladigan chiqindilarni vaqtincha joylashtirish yagona tizimi hisobini yuritish; yokilg’i va boshqa birlamchi mahsulotlardan tejamli foydalaniladi; chiqindilarni zararsizlantirish baholanadi; atrof muhitga hosil bo’ladigan chiqindilar ta’siri kamaytiriladi. Chiqindilarning paydo bo’lishini normalash, (kommunal tusdagi chiqindilarning paydo bo’lishi va joylashtirilishi normalanmaydi). Aholi va ishlab chiqarish chiqindilari qayta ishlanadi va ikkilamchi mahsulot olish keng yo’lga qo’yiladi, chiqindilarning miqdori kamaytiriladi.

ChIQINDILARNI QAYTA IShLASh VA KAM ChIQINDILI TEXNOLOGIYaLARNI JORIY ETISh

Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish

Aholi va ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilarni joylashtirish normativ xujjatlariga asosan to’lovlari 7-8 barobar kamaytiriladi.


Tashkilot nomi va
rekvizitlar

Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy

Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418

Faks:+998 66 2391553, 2391561

Email:devonxona@samdu.uz


Markaz haqida

Bizning asosiy maqsadimiz innovatsion faoliyatni rivojlantirish, universitet va ishlab chiqarishning samarali hamkorligini

tashkillashtirish, ilmiytadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, SamDU bazasida innovatsion va texnologik kichik korxonalar va kompaniyalar tashkil etish

© 2021 SamDU Transfer Markazining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Diqqat! Xabarning aniqligiga etibor bering

Ishlab chiqilgan: MCoder.Uz