SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA TAKRORIY EKIN SIFATIDA LOVIYA VA MOSh YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASINING ILMIY-AMALIY ASOSLARI
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:A.Sanakulov
Tatqiqot
shakli
shakli
G’allachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari va tomorqa xo’jaliklari.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksasiyalangan jurnallarda chop etiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Mamlakatimizning tuproq-iqlim sharoiti qishloq xo’jaligi ekinlarini yil bo’yi ekib, bir yilda 2-3 marta hosil olish imkonini beradi. Shu bois sug’oriladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlari hosili yig’ishtirilib olinganidan so’ng ang’izda takroriy ekin sifatida dukkakli don ekinlaridan loqiya va mosh yetishtirish samaralidir. Mosh oziqalik qiymati bilan bug’doy, loviya, no’xat, ko’k no’xat va javdar donlaridan 1,5-2 baravar, to’yimliligi bo’yicha esa 1,5 baravar ustun turadi. Mosh tarkibidagi oqsilning hazmlanishi 86 foizga yetadi. Mosh tarkibida oqsil 24-28%, lizin 8%, arginin 7% bo’ladi, V1 va RR vitaminlar ko’p bo’ladi. Ilmiy manbalardan ma’lum bo’lishicha, mosh vegetasiya davrida tuproqda 50-100 kg/ga biologik azot va organik moddalar to’plab, yerning tabiiy unumdorligini oshirishi bilan birga oqsil va vitaminlarga boy bo’lgan shifobaxsh don beradigan ekindir. Tavsiya etilayotgan texnologiyada viloyatning tuproq-iqlim sharoiti va ekinning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, loviya va moshni bir yilda ikki marotaba - birinchi muddati: 10-20 aprelgacha, ikkinchi muddati: g’alladan bo’shagan yerlarga – takroriy ekin sifatida 10-20 iyulgacha ekilganda, har gektar hisobiga 20-25 sentnergacha don hosili va 35-40 sentnergacha pichan hosili olish mumkinligi ilmiy asoslab berilgan.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Tavsiya etilayotgan texnologiyada viloyatning tuproq-iqlim sharoiti va ekinning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, loviya va moshni bir yilda ikki marotaba - birinchi muddati: 10-20 aprelgacha, ikkinchi muddati: g’alladan bo’shagan yerlarga – takroriy ekin sifatida 10-20 iyulgacha ekilganda, har gektar hisobiga 20-25 sentnergacha don hosili va 35-40 sentnergacha pichan hosili olish mumkinligi ilmiy asoslab berilgan.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-11-08