Innovatsiya va texnologiyalar transferi Sektori rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Youtube
  • Mail

Sayt bo‘yicha qidiruv

Samarqand davlat universiteti innovatsiya va texnologiyalar transferi Sektori
  • Yangiliklar
  • Markaz haqida
  • Investorlarga
  • Ishlanmalar
  • Bog'lanish
  • Ru
  • Eng
  • Ko‘rinish

    A
    A
    A

    Shrift o‘lchami

    0% ga kattalashtirish

TUPROQNI MULChALAShNING ShIRIN QALAMPIR HOSILDORLIGIGA TA’SIRI

Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Xoliqulov Shodi Turdiqulovich


Tatqiqot
shakli

Ertangi sabzavot yetishtirishda tuproqni mulchalash, tuproq temperaturasini oshirish, tuproq xossalarini yaxshilash, ekinlar uchun qulay sharoit yaratishga va hosildorlikni oshirishga qaratilan muhim agrotexnik tadbirlardan hisoblanadi. Erta bahorda shirin qalampir yetishtirishda ertangi hosil olish, tuproqdagi namlikning behuda bug’lanishini oldini olish, tuproq haroratini boshqarish, mineral va organik oziq moddalar effektivligi jadallashib, natijada ekin hosildorligini oshirib, yerdan samarali foydalanishga imkon beradi


Areas of research form

Tadqiqot natijalari asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yhatidagi va Web of Science, Scopus ma’lumotlar bazasida indeksiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda keng ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.


Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida

Tuproqni mulchalash orqali tuproq namligini behuda bug’lanishini oldi olinadi (25-30% namlik tejaladi). Tuproqning biologik aktivligini jadallashtirib, ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi, tuproqdagi oziq moddalar harakatchanligini aktivlashtirib organik va mineral o’g’itlarning samaradorligini oshiradi. Mulchalash natijasida shirin qalampir hosildorligi 25-30% gacha oshib, hosil 10-15 kunga erta pishib etiladi. Yerdan foydalanish samaradorligi ortadi, dehqon va tamorqa xo’jaligi yurituvchi aholi daromadlarini oshiradi. Loyihani amalga oshirish bilan quyidagi natijalarga erishiladi: - Tuproqni mulchalash tuproq haydov qatlami temperaturasi 1-3oS gacha, effektiv temperaturalar yig’indisini 200-400oS oshiradi; - tuproq namligini behuda bug’lanishini oldi olinadi (25-30% namlik tejaladi); - tuproqning biologik aktivligini jadallashtirib, ildiz tizimi yaxshi rivojlanadi, tuproqdagi oziq moddalar harakatchanligini aktivlashtirib organik va mineral o’g’itlarning samaradorligini oshiradi: - mulchalash natijasida shirin qalampir hosildorligi 25-30% gacha oshib, hosil 10-15 kunga erta pishib yetiladi; - yerdan foydalanish samaradorligi ortadi, dehqon va tamorqa xo’jaligi yurituvchi aholi daromadlarini oshiradi.

TUPROQNI MULChALAShNING ShIRIN QALAMPIR HOSILDORLIGIGA TA’SIRI

Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish

- Sabzavot ekinlari yetishirishda turli tuproq iqlim sharoitlarida tuproq yuzasini mulchalash orqali sinovdan o’tkaziladi va ishlab chiqarishga joriy qilinadi; - magistrantlar, tadqiqotchilar, professor-o’qituvchilarga yangi dolzarb dissertasion mavzular beriladi; - ishlanmadan issiqxona xo’jaliklari, dehqon va fermer hamda aholi tomorqa xo’jaliklarida foydalanishga tavsiya etiladi.


Tashkilot nomi va
rekvizitlar

Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy

Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418

Faks:+998 66 2391553, 2391561

Email:devonxona@samdu.uz


2021-09-19
Markaz haqida

Bizning asosiy maqsadimiz innovatsion faoliyatni rivojlantirish, universitet va ishlab chiqarishning samarali hamkorligini

tashkillashtirish, ilmiytadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, SamDU bazasida innovatsion va texnologik kichik korxonalar va kompaniyalar tashkil etish

© 2021 SamDU Transfer Markazining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Diqqat! Xabarning aniqligiga etibor bering

Ishlab chiqilgan: MCoder.Uz