ChANGLARNI YUQORI SAMARADA UShLAB QOLUVChI MATOLI FILTRI USKUNA
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Keldiyarova Gulmira Farxodovna
Tatqiqot
shakli
shakli
Turli sohadagi ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati ortib borayotganligi ababli korxonalarning atrof-muhitga ta’siri ham kengayib bormoqda. Atmosfera havosiga korxonalardan ajralib chiqadigan changsimon moddalar ta’sirini kamaytirish, korxonalardagi chang-gaz tozalash uskunalar ish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqarishdagi tashlanma tashlaydigan manbalarda yangi turdagi changsimon moddalarni tozalash uskunalarini yaratish, ish samaradorligi va korxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirishni talab etadi. Changsimon moddalarni tozalash uskunalarini xorijdan olib kelish va tan narxi yuqori bo’lganligi sababli korxonalar uchun mazkur uskunalarni sotib qiyinchilik tug’dirmoqda. Shuning uchun ham yangi turdagi tozalash uskunalari ishlab chiqarishga joriy etilsa, ham ma’naviy ham moliyaviy holat yaxshilanadi.
Areas of research form
Ekologiya, shifer, g’isht, sement ishlab chiqarish korxonalarida qo’llash tavsiya etiladi
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Yangi turdagi changsimon moddalarni tozalash uskunalari yaratiladi va korxonalarning atrof-muhitga ta’siri kamaytiriladi. Korxonalardagi mavjud uskunalar va yangi turdagi changsimon moddalarni tozalash uskunalari o’rnatilganidan keyingi ko’rsatkichlar aossida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi, korxonalarning tasdiqlangan me’yoriy xujjatlar asosida atmosfera havosini ifloslantirganlik kompensasiya to’lovlari qisqartiriladi. Har bir yaratilgan uskunalarning boshqa turlari yaratiladi va joriy etiladi
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Samarqand viloyatidagi shifer, g’isht va sement ishlab chiqarish korxonalaridagi chang gaz tozalash uskunalar ish samaradorligi 85 %dan 97%ga oshiriladi. Atmosfera havosini ifloslantirlanik kompensasiya to’lovlari 8-9 barobarga pasaytiriladi. Korxonalarning chetdan sotib olinadigan uskunalaridan farqli o’laroq, yangi turdagi yaratilgan chang gaz tozalash uskunalari harid qilinsa, 17-18 barobar arzonlashtirilgan bo’ladi. Uskunalarning boshqa turdagilari ham yaratiladi. Bu yalpi va sof daromadni 30-50% ga ortishini ta’minlaydi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-08-16