TURLI XIL ORGANIK CHIQINDILARDAN TAYYORLANGAN KOMPOSTLARNING TUPROQ UNUMDORLIGIGA TA’SIRI
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Xoliqulov Shodi Turdiqulovich
Tatqiqot
shakli
shakli
Samarqand shahar qattiq maishiy va sanoat chiqindisi (fosfogips) ning tarkibi va xossalari va ulardan kompost tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan. Tayyorlangan kompostlarning tuproqlar unumdorligiga ta’siri o’rganilgan.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yhatidagi va Web of Science, Scopus ma’lumotlar bazasida indeksiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda keng ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Respublikamizdagi barcha shaharlarda yig’ilib kishi boshiga kuniga o’rtacha 08-1,2 kg gacha yoki har yili 12-14 mln tonna atrofida qattiq maishiy chiqinidilar chiqindixonalarda yig’ilib atrof-muhitga zararli ta’sir ko’rsatmoqda. Bu chiqindilarning 70-80% organik moddalardan iborat va ular kompost uchun asosiy xom-ashyo zahirasi hisoblanadi. Respublikamizda 2019-2028 yillarda qattiq maishiy chiqindilarni to’plash va olib chiqib ketish bo’yicha xizmatlar bilan qamrab olishni 100% ga yetkazish ularni qayta ishlashni 60% ga yetkazish va ularni qayta ishlashning zamonaviy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Loyihani amalga oshirish bilan quyidagi natijalarga erishiladi: Shahar qattiq maishiy chiqindilarning fraksion, kimyoviy tarkibi aniqlanadi, chiqinidlarni turlari bo’yicha saralash va qayta ishlash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mineral o’g’itlar samaradorligini va ekinlar hosildorligini 20-30 % gacha oshiradi; Mineral o’g’itlar ehtiyojini 30 % ga kamaytiradi; Qattiq maishiy va sanoat chiqindilardan organik o’g’it-kompost tayyorlash texnologiyasi joriy etiladi; Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash 60 % gacha oshadi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Hozirgi kunda shahar obodonlshtirishda va qishloq xo’jaligida organik o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojning 10% gina qoplamoqda. Organik o’qitlar yetishmasligi sababli sug’oriladigan yerlarda gumus zahirasi 50-60% gacha kamaygan. Xorijiy rivojlangan mamlakatlarda ushbu chiqindilar 99% qayta ishlanmoqda. Kompost tayyorlash xorijiy mamlakatlarga qaraganda tez va sifatli kompost tayyorlash mumkin.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-11-12