ChIQINDILARNI QAYTA IShLASh VA KAM ChIQINDILI TEXNOLOGIYaLARNI JORIY ETISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Keldiyarova Gulmira Farhodovna
Tatqiqot
shakli
shakli
Hozirgi kunning eng muhim ekologik muammolaridan biri hosil bo’lgan chiqindilarni hisobga olish, chiqindilar me’yori va joylashtirish limiti hisobini yuritish va kam chiqindili texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlashni keng yo’lga qo’yish choralarini to’g’ri tashkil etishdir. Ko’pgina chiqindilar zararli, ya’ni salomatlikka xavf soladigan chiqindi hisoblanadi. Sanoat va ishlab chiqarishning o’sishi bilan bir qatorda atrof muhitni muhofaza qilish masalalari ham dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tomonidan tabiatni muhofaza qilish borasidagi muammolar yechimini hal qilishda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib, keyingi yillarda bu borada qator Qonunlar qabul qilindi. Ushbu loyiha ishi 2002 yil 2 maydagi “Chiqindilar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan bajariladi. Mazkur loyiha asosida yaratilgan yangi turdagi chiqindilarni qayta ishlash uskunalari nafaqat ishlab chiqarish korxonalarida balkim, aholi yashash punktlarida ham joylashtirilsa bo’ladi. Uskuna ikki bosqichli, tez va oson regenerasiya jarayoniga ega, energiya tejamkor va o’ta zararli bo’lgan chiqindilarni zararsizlantirish texnologiyasi mukammal bo’lgan uskuna hisoblanadi.
Areas of research form
Ekologiya, ishlab chiqarish korxonalari va aholi yashash joylarida, chiqindilarni qayta ishlash va kam chiqindili texnologiyalarida qo’llash tavsiya etiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Chiqindilarni joylashtirish limiti quyidagi maqsadlarda ishlab chiqiladi: ishlab chiqarish jarayonida hosil bo’ladigan chiqindilarni vaqtincha joylashtirish yagona tizimi hisobini yuritish; yokilg’i va boshqa birlamchi mahsulotlardan tejamli foydalaniladi; chiqindilarni zararsizlantirish baholanadi; atrof muhitga hosil bo’ladigan chiqindilar ta’siri kamaytiriladi. Chiqindilarning paydo bo’lishini normalash, (kommunal tusdagi chiqindilarning paydo bo’lishi va joylashtirilishi normalanmaydi). Aholi va ishlab chiqarish chiqindilari qayta ishlanadi va ikkilamchi mahsulot olish keng yo’lga qo’yiladi, chiqindilarning miqdori kamaytiriladi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Aholi va ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilarni joylashtirish normativ xujjatlariga asosan to’lovlari 7-8 barobar kamaytiriladi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar