ASETILENDAN VINILASETAT OLISh INNOVASION TEXNOLOGIYASINI YARATISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Musulmonov Noryigit Xasanovich
Tatqiqot
shakli
shakli
Olingan natijalar asosida asetilendan vinilasetat olish texnologiyasi yaratiladi. Olingan natijalar “Navoiyazot” AJ da sinovdan o’tkaziladi. Iqtisodiy samara xorijdan olib kelinayotgan katalizatorlarni mahalliylashtirish, yangi moddalar olish va texnologik jarayonlarni optimallashtirish hamda texnologiyalar eksportini amalga oshirish imkonini beradi.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yhatidagi va Web of Science, Scopus ma’lumotlar bazasida indeksiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda keng ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Asetilendan vinilasetat sintezi kimyo sanoati, polimer materiallar ishlab chiqarish va foydalanish bilan bog’liq korxonalar, Lok-bo’yoq va tolalar ishlab chiqaruvchi korxonalar, avtomobilsozlik korxonalari, qurilish sohasida import o’rnini bosuvchi mahalliy mahsulot yaratiladi. Loyihani amalga oshirish bilan quyidagi natijalarga erishiladi: - VA monomerining asosiy qo’llanilishi – u polivinilasetatning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi, qaysiki suv asosidagi lok-bo’yoq materiallar, har xil turdagi yelimlar, shimdiriluvchi modda, pollar uchun plitkalar, akrilli tolalar, qog’ozli qoplamalar va gazlama bo’lmagan materiallar ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, VA monomeridan qadoqlash plyonkasi, laminasiyalangan shisha tayyorlashda tarkibiy xomashyo – polivinilasetat ishlab chiqariladi. VA monomerining kam qismi – etilenvinilasetatning negizida polimerlar, etilenvinil spirt va polivinilbutiraldan to’siq smollari ishlab chiqarish uchun foydalaniladi; - Mahalliy xomashyolardan foydalanib yuqori faollikka ega bo’lgan nano-katalizatorlar ishlab chiqarishning nazariy asoslari va texnologiyasi yaratiladi; - Yaratilgan katalizatorlarning termik barqarorligi, unumdorligi, selektivligi va faolligi fizik hamda fizik-kimyoviy usullarda tadqiq etiladi, reaksiya unumiga, katalizatorning barqarorligiga, unumdorligiga, selektivligiga va smola hosil bo’lish tezligiga oksidlovchilik xossasiga ega bo’lgan promotorlar tabiati va tarkibining ta’siri hamda smola hosil bo’lish sabablari o’rganiladi; - Ayni vaqtda “Navoiyazot”da O’zkimyosanoat olimlari tomonidan texnologik parametrlari noto’g’ri hisoblab qurilgan (bugungi kunda ishlatilmasdan yotgan) reaktor qayta rekonstruksiya qilinib, ayni reaktorda vinilasetat olish muammosi hal etiladi. Bundan tashqari hozirda mavjud bo’lgan asetaldegid ishlab chiqarish liniyasining bittasini qisman o’zgartirish yo’li bilan ham VA ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin bo’ladi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Olingan natijalar “Navoiyazot” AJ da sinovdan o’tkaziladi. Iqtisodiy samara xorijdan olib kelinayotgan katalizatorlarni mahalliylashtirish, yangi moddalar olish va texnologik jarayonlarni optimallashtirish hamda texnologiyalar eksportini amalga oshirish imkonini beradi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-07-23