DORIVOR SARXUSh BOZULBANG (LAGOCHILUS INEBRANS L.) O‘SIMLIGINI INTENSIV KO‘PAYTIRISh HAMDA XOM-AShYO BAZASINI YARATISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Haydarov Xislat Qudratovich
Tatqiqot
shakli
shakli
Amaliy bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan noyob sarxush bozulbang (Lagochilus inebrans L.) o’simligini in-vitro usulida ko’chatlarini ko’paytirish, keyin dala sharoitida o’stirib sifatli xom-ashyo tayyorlash.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yxatidagi va Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indeksasiyalangan jurnallarda chop yetiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Sarxush bozulbang o’simligini Respublikamizning turli adir mintaqasining lalmikor yerlarida ko’chatchiligi yo’lga qo’yiladi va o’stirib ko’paytiriladi. Farmasevtika sanoati uchun qon to’xtatuvchi dori preparatlari tayyorlash imkoniyati tug’iladi. Chetdan olib kelinayotgan dori preparatlari uchun sarflanadigan valyuta tejab qolinadi. Loyihani amalga oshirish bilan quyidagi natijalarga erishiladi: - Sarxush bozulbang in-vitro usulida urug’idan ko’chatlarini ko’paytirish; - O’simlikni dala sharoitida o’sish va rivojlanishi o’rganish; - Intensiv o’stirish va yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish; - Farmasevtika sanoati uchun yer ustki qismidan sifatli xom-ashyo tayyorlash texnologiyasini mahalliy sharoitga moslashtirish.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
- Sarxush bozulbang o’simligini Respublikamizning turli adir mintaqasining lalmikor yerlarida ko’chatchiligi yo’lga qo’yiladi va o’stirib ko’paytiriladi; - Sarxush bozulbang o’simligi xom-ashyosini dala sharoitida ko’paytirish yo’lga qo’yilgach, farmasevtika sanoati uchun qon to’xtatuvchi dori preparatlari tayyorlash imkoniyati tug’iladi; - Chetdan olib kelinayotgan dori preparatlari uchun sarflanadigan valyuta tejab qolinadi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-05-04