ZARAFShON VOHASINING TOSh DAVRI YODGORLIKLARINI ZAMONAVIY USLUBLAR ASOSIDA TADQIQ ETISh VA ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR TO‘G‘RISIDA QO‘LLANMA YARATISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Ergashev Odil Tursunovich
Tatqiqot
shakli
shakli
Zarafshon vohasining tosh davri madaniyatlarini o’rganish, yodgorliklarning dunyo standartlariga mos madaniy-davriy talqini ishlab chiqish.
Areas of research form
"Zarafshon vohasi tosh davri yodgorliklari yangi talqinda" nomli monografiya nashrga tayyorlanadi. Web of Science hamda Scopus ma’lumotlar bazasida indekasiyalangan jurnallarda chop etiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Zamonaviy fan yutuqlarini hisobga olgan holda Zarafshon vohasida mavjud tosh davri industriyalarining tip-varaqalari va elektron ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi. Mavjud tosh davri komplekslari tahlil va sintez, zamonaviy texnologik, morfologik va tipologik usullar yordamida tadqiq qilinishi orqali Zarafshon vohasi tosh davri tarixining xolisona, obyektiv manzarasi yaratiladi. Loyihani amalga oshirish bilan quyidagi natijalarga erishiladi: - Zarafshon vohasi tosh davri industriyalari uchun ilk marotaba S. Tibua tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy morfologik-texnologik hamda J. Peligran ishlab chiqqan texnologik tadqiqot uslublarini qo’llash. - Qo’lga kiritilgan natijalarni statistik tahlil qilish va ushbu komplekslarning madaniy talqiniga aniqlik kiritish. - Zarafshon vohasining qadimgi tosh davri yodgorliklari industriyalarini chaqmoqlanish uslublariga ko’ra komplekslarga ajratish va ularning xronologik shkalasini ishlab chiqish.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Mavjud tosh davri komplekslari tahlil va sintez, zamonaviy texnologik, morfologik va tipologik usullar yordamida tadqiq qilinishi orqali Zarafshon vohasi tosh davri tarixining xolisona, obyektiv manzarasi yaratiladi. Noyob topilmalarni o’zida jamlagan fotoalbom uchun fotosuratlar yig’ib boriladi va unga Zarafshon vohasining tosh davri yodgorliklarining turistik yo’nalishlari xaritasi ilova qilingan risola tayyorlanadi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-08-29