METAN VA IS GAZINI ANIQLOVChI KIMYOVIY SENSORLAR YARATISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Abduraxmonov Ergash
Tatqiqot
shakli
shakli
Bugungi kunda ishlab chiqarish korxonalari va turar-joy binolarida tabiiy gazdan foydalanishda gazni to’planishi natijasida yuzaga keluvchi portlash va is gazidan zaharlanish singari noxush holatlar keng tarqalgan. Loyihani maqsadi turar-joy va sanoat binolarida tabiiy gazdan foydalanish xavfsizligini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishdan iborat.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yhatidagi va Web of Science, Scopus ma’lumotlar bazasida indeksiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda keng ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Yopiq ekologik tizimlarda yong’in va portlash xavfini oldindan aniqlashga imkon beruvchi, tezkorligi va sezgirligi yuqori, foydalanishda qulay, keng doirada ishlatiladigan metanni aniqlovchi kimyoviy sensorlar va signalizasiya qurilmalari ishlab chiqiladi. Loyihani amalga oshirish bilan quyidagi natijalarga erishiladi: Metan (tabiiy gaz) va is gazini aniqlovchi sensorlar uchun polimer gaz sezgir nanokompozit plyonkalar sintezini amalga oshirish va ular asosida tezkorligi va sezgirligi yuqori, foydalanishda qulay bo’lgan metanni va is gazini aniqlovchi kimyoviy sensorlar yaratiladi; portlash va yong’in xavfini bartaraf etuvchi, texnik ko’rsatgichlari bo’yicha chet el analoglaridan qolishmaydigan yuqori samarali, importni almashtiruvchi metan va is gazining maishiy signalizatorini ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi; Maxalliy manbalar asosida turar-joy va ishlab chiqarish xonalarida yong’in xavfini kamaytiruvchi antipiren-yong’in himoya vositalarini ishlab chiqiladi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Yopiq ekologik tizimlarda yong’in va portlash xavfini oldindan aniqlashga imkon beruvchi, tezkorligi va sezgirligi yuqori, foydalanishda qulay, keng doirada ishlatiladigan metanni aniqlovchi kimyoviy sensorlar va signalizasiya qurilmalari ishlab chiqiladi. Mahalliy xom ashyolar asosida yaratilgan gaz sezgir nanokompozit plyonkalar asosida chetdan keltirilayotgan materiallar mahaliylashtiriladi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-04-21