TABIIY GAZDAN ETILEN OLIShNING YANGI TEXNOLOGIYASINI YARATISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Fayzullayev Normurod Ibodullayevich
Tatqiqot
shakli
shakli
Olingan natajalar asosida tabiiy gazdan etilen olish texnologiyasi yaratiladi.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yhatidagi va Web of Science, Scopus ma’lumotlar bazasida indeksiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda keng ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Tabiiy gaz (metan) dan etilen olish uchun mahalliy xom ashyolar asosida termik barqarorlikka, unumdorlikka, selektivlikka va faollikka ega bo’lgan katalizatorlar yaratiladi. Xorijdan olib kelinayotgan katalizatorlarni mahalliylashtirish, yangi moddalar olish va texnologik jarayonlarni optimallashtirish hamda texnologiyalar eksportini amalga oshirish imkonini beradi. Loyihani amalga oshirish bilan quyidagi natijalarga erishiladi: - Tabiiy gaz (metan) dan etilen olish uchun mahalliy xom ashyolar asosida termik barqarorlikka, unumdorlikka, selektivlikka va faollikka ega bo’lgan katalizatorlar yaratiladi; - Yaratilgan katalizatorlar metandan etilen olish reaksiyasida qo’llaniladi; - metanni oksikondensasiyalash reaksiyasi uchun yuqori unumdorlikka ega bo’lgan katalizatorlarni yarim sanoat usulida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun texnologik reglamentlar tayyorlanadi; - olingan natijalar yuzasidan ilmiy maqolalar chop ettiriladi va ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan qatnashiladi; - tabiiy gazdan etilen olishga bag’ishlangan monografiya yoziladi va chop etiladi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Olingan natijalar “Navoiyazot” AJ da sinovdan o’tkaziladi. Iqtisodiy samara xorijdan olib kelinayotgan katalizatorlarni mahalliylashtirish, yangi moddalar olish va texnologik jarayonlarni optimallashtirish hamda texnologiyalar eksportini amalga oshirish imkonini beradi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-09-26