O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XUDUDIDA SASSIQ KOVRAK (FERULA FOETIDA L.) VA O‘ZGARUVChAN BARGLI KOVRAK (ShAYIR - FERULA VARIA L.) NING TABIIY ZAXIRALARINI ANIQLASh VA PLANTASYALARINI YARATISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Haydarov Xislat Qudratovich
Tatqiqot
shakli
shakli
Dunyo farmasevtika sohasida Sassiq kovrak (Ferula foetida L.) va o’zgaruvchan bargli kovrakka (shayir - Ferula varia L.) bo’lgan ehtiyoj juda katta bo’lganligi va hozirgi antropogen ta’siri asosida tabiiy maydonlarda ularning zaxiralari keskin qisqarishini e’tiborga olgan holda ularning plantasiyalarini tiklash maqadga muvofiqdir.
Areas of research form
Tadqiqot natijalari asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi ro’yhatidagi va Web of Science, Scopus ma’lumotlar bazasida indeksiyalangan jurnallarda ilmiy maqolalar hamda keng ma’lumotlar bazasi ishlab chiqiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Sassiq kovrak va o’zgaruvchan bargli kovrak resurslarining potensial va real zaxiralarini aniqlash va xom-ashyo tayyorlashni baholash imkonini berib, xorijga eksport qilish imkoniyati yaratiladi. Loyihani amalga oshirish bilan quyidagi natijalarga erishiladi: O’zbekiston Respublikasi bo’yicha sassiq kovrak va o’zgaruvchan bargli kovrakning tabiiy zaxirasi aniqlanadi va gis xaritasi tuziladi. Bu zaxira maydondan ekspluatasiya maydoni ajratiladi va farm sanoati uchun yig’ish mumkin bo’lgan maydon taklif etiladi. Mexanik tarkibi yengil tuproqda, sahro va yarim sahro hamda tekislik yer maydonlariga mos, qurg’oqchilikka chidamli perspektiv formalar aniqlanib, yetishtirishning optimal usullari va samaradorligi o’rganiladi. Ulardan Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlari kesimida 100 ga maydonida dastlabki plantasiyalar tashkil etiladi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Sassiq kovrak va o’zgaruvchan bargli kovrak resurslarining potensial va real zaxiralarini aniqlash va xom-ashyo tayyorlashni baholash imkonini berib, xorijga eksport qilish imkoniyati yaratiladi. Tuzilgan xaritalar va potensial va real zaxiralar to’g’risidagi ma’lumotlar O’zR Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga va O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasiga taqdim etiladi. Monografiya yoziladi. Yosh mutaxassislar jalb etilib (PhD) doktorlik dissertasiyasi bajariladi va himoya etiladi.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar
Manzil:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni,15-uy
Telefon:+998 66 2391501,2391940,2391418
Faks:+998 66 2391553, 2391561
Email:devonxona@samdu.uz
2021-08-23