ASETILENDAN VINILASETAT OLISh INNOVASION TEXNOLOGIYASI VA IShLAB ChIQARIShNI YO‘LGA QO’YISh
Samarqand davlat universiteti, bajaruvchi:Musulmonov Noryigit Xasanovich
Tatqiqot
shakli
shakli
Asetilenni katalitik asetillab vinilasetat reaksiyasi uchun “zol-gel” usulida mahalliy xom ashyolar asosida yuqori unumdorlikka, selektivlikka va faollikka ega bo’lgan yangi katalizator tanlash, vinilasetat sintezi jarayonini amalga oshirish va tanlangan katalizatorlarning qo’llanilish imkoniyat-larini tadqiq etish hamda Respublikamizning vinilasetatga bo’lgan ehtiyojini qondirish bilan birga eksport salohiyatini oshirish.
Areas of research form
Qurilishda, lok-bo’yoq sanoatida, texnika va avtomobilsozlikda, medisinada qo’llash tavsiya etiladi.
Ilmiy tatqiqot natijalari
asosida
asosida
Mahalliy xomashyolardan foydalanib yuqori faollikka ega bo’lgan nano-katalizatorlar ishlab chiqarishning nazariy asoslari va texnologiyasi yaratiladi; Yaratilgan katalizatorlarning termik barqarorligi, unumdor-ligi, selektivligi va faolligi fizik hamda fizik-kimyoviy usullarda tadqiq etiladi; Ayni vaqtda “Navoiyazot”da texnologik parametrlari noto’g’ri hisoblab qurilgan (bugungi kunda ishlatilmasdan yotgan) reaktor qayta rekonstruksiya qilinib, ayni reaktorda vinilasetat olish muammosi hal etiladi. Olingan natijalar asosida asetilendan vinilasetat olish texnologiyasi yaratiladi.
Olinga natijalarni sinovdan o'tkazish va joriy qilish
Vinilasetatning dunyo bozori rivojlanishining moyilligi oson bashorat qilinadi. Modda sanoatda yetarlicha keng qo’llaniladi, shuning uchun bozorning o’sishi, ekspertlar fikriga ko’ra, dunyo yalpi ichki mahsulotining o’sishi bilan taqqoslab bo’ladigan katta bo’lmagan sur’atlarda davom etadi. Mutaxassislar dunyo bozorining o’rtacha yiliga 5% ga har yillik oshishini bashorat qilmoqdalar, ancha yuqori o’sish sur’atlari Osiyo davlatlarida, birinchi navbatda Xitoyda kutilmoqda. O’zbekiston bozorining vinilasetatga bo’lgan ehtiyoji yillik 10 ming tonnani tashkil etadi. Loyihaning asosiy maqsadi ichki va tashqi (Markaziy Osiyo) bozorga “Samarqand” brendi ostida vinilasetat yetishtirib berish.
Tashkilot nomi va
rekvizitlar
rekvizitlar