Samarqandda Polsha universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi
Samarqand davlat universiteti Malayziya universitetlari bilan hamkorlikda vebinarlar o‘tkazmoqda
Samarqandning tarixiy binolari 3D-modellari asosida bolalar konstruktorlik o’yinchoqlari va mobil ilova yaratish
Samarqand davlat universitetida AQShlik professor smenar o’tkazdi
Innvatsion rivojlanish vazirligi Samarqand hududiy birlashmasi xodimlari Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan g‘oyalar bilan yaqindan tanishib chiqdi va ular ichidan amaliyotga tadbiq qilinadigan eng muhimlarini tanlab olindi
O’zbekistonda birinchi bor Lyublin texnologiyalar universiteti (Polsha), Samarqand davlat universitetlari o’rtasida innovasion texnologiya skaneri bo’yicha ish boshlandi.
Samarqand Davlat universiteti Xalqaro innovatsitalar va texnologiyalar transferi markazi Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan miniquyosh panellarini ishlash faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi
2021-03-14
„Toshkent xalqaro quyosh instituti“ning olib borgan izlanishlari shuni ko’rsatyaptiki, O’zbekistonning barcha hududlarida deyarli 300 kundan ziyod quyosh charaqlaydi. Bu esa o’z navbatida O’zbekistonning quyosh energetik potensialining yuqori ekanligidan dalolat beradi. Serquyosh O’zbekiston quyoshdan energiya olishning eng yaxshi imkoniyatlariga ega. Energiya ta’minotida quyosh energiyasi hissasini oshirish bu borada qilinishi kerak bo’lgan eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Quyoshdan energiya olish deganda shuni aniqlashtirib olish kerak. Quyoshdan issiqlik va elektr energiyasi olinadi. Issiqlik energiyasini olishda quyosh kollektorlaridan foydalaniladi. Elektr energiyasi esa quyosh modullari yoki quyosh panellari orqali to’g’ridan-to’g’ri olinadi. Ushbu loyihada quyosh panellardan tashkil topgan quyosh elektr stansiyasini qurish va bu stansiya orqali kichik aholi punktlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash haqida bo’lib, quyosh elektr stansiyasining (qis. QES yoki FES-Fotovoltaik elektr stansiyasi) umumiy elektr tarmoqlariga ulanish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi. O’zbekistonda Prezdient Mirziyoyev Sh. M. janoblari hukumatga kelgach, barcha sohalarda bo’lgani kabi energetika sohasida ham jonlanish boshlandi. Quyosh energetikasida tashlangan eng katta qadamlardan biri, 2018-yil 28-apreldagi PQ-3687 sonli Prezident qarori bo’lib, unda „SkyPower Global“ kompaniyasining O’zbekiston energetika bozoriga kirib kelishi uchun bitim imzolanganligi aytilgan. Ushbu qarorga ko’ra, „SkyPower Global“ kompaniyasi O’zbekistonning turli hududlarida jami quvvati 1000 MWp bo’lgan quyosh elektr stansiyalarini ishga tushiradi. 100 MW’dan 300 MW’gacha bo’lgan kattalikdagi FES’larni O’zbekistonning 6 hududida (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari) qurilishi ko’zda tutilgan. O’zbekistonda katta FES’larini qurishning ham afzal va manfiy tomonlari bor. Ma’lumki, SkyPower Global qurayotgan quyosh elektr stansiyalarning eng kichigi 100 MWp va eng kattasi 300 MWp. Albatta, quyosh elektr stansiyalarning katta quvvatli bo’lgani yaxshi, ammo bu energetikada optimal yechim hisoblanmaydi. 300 MWp’li FES kichikroq bir shaharni elektr energiya bilan ta’minlaydigan darajada salmoqli hissaga ega. Undan olinadigan elektr energiyasi umumiy elektr tarmoqlariga yetkazib beriladi. Bu esa o’z navbatida IES’larda yoqilg’i sifatida ishlatilayotgan tabiiy gazning tejalishiga yordam berishi mumkin. Bu uning eng afzal tomonidir. Agar FES’larda nosozlik yuzaga kelsa, bunday holatda esa IES va boshqa elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiyalar FES’larning o’rnini bosish uchun qo’shimcha 300 MW quvvat bilan ishlashi kerak. Bu o’z navbatida boshqa elektr stansiyalarga sezilarli darajada yuk bo’lishi mumkin. Taqqoslash uchun, 300 MW’li FES Sirdaryo IES’ning to’liq nominal quvvatining 10 %‘ini tashkil qiladi. 300 MW o’rnini to’ldirish uchun ortiqcha quvvat bilan ishlash asosan IES’larga tushishi mumkin. O’zbekistonda eng katta GES Chorvoq GES’ining quvvati 300 MW chiqmaydi. Undan tashqari. GES’lar qo’shimcha elektr energiya ishlab chiqishi uchun suv zahiralari ham yetarlicha bo’lishi kerak. Aholini uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash maqsad qilib qo’yilar ekan, katta FES’larning afzal tomonini e’tibordan qoldirmaydi, uning manfiy tomonlarini minimal darajaga tushursa bo’ladi.