Samarqand davlat universiteti TDIUSFda innovasion haftaligida ishtirok etdi.
Samarqandda Polsha universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi
Samarqand davlat universiteti Malayziya universitetlari bilan hamkorlikda vebinarlar o‘tkazmoqda
Samarqand Davlat universiteti Xalqaro innovatsitalar va texnologiyalar transferi markazi Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan miniquyosh panellarini ishlash faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi
Samarqandning tarixiy binolari 3D-modellari asosida bolalar konstruktorlik o’yinchoqlari va mobil ilova yaratish
Innvatsion rivojlanish vazirligi Samarqand hududiy birlashmasi xodimlari Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan g‘oyalar bilan yaqindan tanishib chiqdi va ular ichidan amaliyotga tadbiq qilinadigan eng muhimlarini tanlab olindi
Samarqand davlat universitetida AQShlik professor smenar o’tkazdi
2021-03-14
„Toshkent xalqaro quyosh instituti“ning olib borgan izlanishlari shuni ko’rsatyaptiki, O’zbekistonning barcha hududlarida deyarli 300 kundan ziyod quyosh charaqlaydi. Bu esa o’z navbatida O’zbekistonning quyosh energetik potensialining yuqori ekanligidan dalolat beradi. Serquyosh O’zbekiston quyoshdan energiya olishning eng yaxshi imkoniyatlariga ega. Energiya ta’minotida quyosh energiyasi hissasini oshirish bu borada qilinishi kerak bo’lgan eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Quyoshdan energiya olish deganda shuni aniqlashtirib olish kerak. Quyoshdan issiqlik va elektr energiyasi olinadi. Issiqlik energiyasini olishda quyosh kollektorlaridan foydalaniladi. Elektr energiyasi esa quyosh modullari yoki quyosh panellari orqali to’g’ridan-to’g’ri olinadi. Ushbu loyihada quyosh panellardan tashkil topgan quyosh elektr stansiyasini qurish va bu stansiya orqali kichik aholi punktlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash haqida bo’lib, quyosh elektr stansiyasining (qis. QES yoki FES-Fotovoltaik elektr stansiyasi) umumiy elektr tarmoqlariga ulanish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi. O’zbekistonda Prezdient Mirziyoyev Sh. M. janoblari hukumatga kelgach, barcha sohalarda bo’lgani kabi energetika sohasida ham jonlanish boshlandi. Quyosh energetikasida tashlangan eng katta qadamlardan biri, 2018-yil 28-apreldagi PQ-3687 sonli Prezident qarori bo’lib, unda „SkyPower Global“ kompaniyasining O’zbekiston energetika bozoriga kirib kelishi uchun bitim imzolanganligi aytilgan. Ushbu qarorga ko’ra, „SkyPower Global“ kompaniyasi O’zbekistonning turli hududlarida jami quvvati 1000 MWp bo’lgan quyosh elektr stansiyalarini ishga tushiradi. 100 MW’dan 300 MW’gacha bo’lgan kattalikdagi FES’larni O’zbekistonning 6 hududida (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari) qurilishi ko’zda tutilgan. O’zbekistonda katta FES’larini qurishning ham afzal va manfiy tomonlari bor. Ma’lumki, SkyPower Global qurayotgan quyosh elektr stansiyalarning eng kichigi 100 MWp va eng kattasi 300 MWp. Albatta, quyosh elektr stansiyalarning katta quvvatli bo’lgani yaxshi, ammo bu energetikada optimal yechim hisoblanmaydi. 300 MWp’li FES kichikroq bir shaharni elektr energiya bilan ta’minlaydigan darajada salmoqli hissaga ega. Undan olinadigan elektr energiyasi umumiy elektr tarmoqlariga yetkazib beriladi. Bu esa o’z navbatida IES’larda yoqilg’i sifatida ishlatilayotgan tabiiy gazning tejalishiga yordam berishi mumkin. Bu uning eng afzal tomonidir. Agar FES’larda nosozlik yuzaga kelsa, bunday holatda esa IES va boshqa elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiyalar FES’larning o’rnini bosish uchun qo’shimcha 300 MW quvvat bilan ishlashi kerak. Bu o’z navbatida boshqa elektr stansiyalarga sezilarli darajada yuk bo’lishi mumkin. Taqqoslash uchun, 300 MW’li FES Sirdaryo IES’ning to’liq nominal quvvatining 10 %‘ini tashkil qiladi. 300 MW o’rnini to’ldirish uchun ortiqcha quvvat bilan ishlash asosan IES’larga tushishi mumkin. O’zbekistonda eng katta GES Chorvoq GES’ining quvvati 300 MW chiqmaydi. Undan tashqari. GES’lar qo’shimcha elektr energiya ishlab chiqishi uchun suv zahiralari ham yetarlicha bo’lishi kerak. Aholini uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash maqsad qilib qo’yilar ekan, katta FES’larning afzal tomonini e’tibordan qoldirmaydi, uning manfiy tomonlarini minimal darajaga tushursa bo’ladi. FES’larni loyihalash. Kichik aholi punktlari, tumanlar yoki shaharchalarni elektr energiya bilan ta’minlaydigan FES’larni qurishdan oldin e’tibor berilishi kerak bo’lgan ko’pgina jihatlari bor. Shaharcha yoki tumanlarni tanlash, bu hududning elektr energiya ehtiyojini hisoblash, shu hududdagi elektr tarmoqlarining ahvoli, FES’i tarmoqqa ulash imkoniyatlari va hakozolarni diqqatga olmasdan turib quyosh elektr stansiyalarini qurish kutgan natijani bermasligi mumkin. QES’ni qurishdan oldin quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo’ladi: HUDUDDAGI AHOLI VA UY XO’JALIGI SONI. O’zbekistonda ko’pchilik aholi kichik shahar va tumanlarda, shuningdek qishloq hududlarida istiqomat qiladi. O’zbekistonning katta shaharlarida elektr energiyasi tuman va qishloqlarga qaraganda ancha yaxshiroq, chunki hozirgi kunda mavjuda bo’lgan elektr stansiyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini asosan katta shaharlarga yetkazib bermoqda. Yurtimizda ko’pgina shaharchalarning aholi soni 100 mingdan oshmaydi, ya’ni aholisi 100 minggacha bo’lgan shaharchalar ko’pchilikni tashkil qiladi. Bu esa aholini quyosh energiyasi bilan ta’minlashda qulay bo’lishi mumkin. O’zbekistonda har bir oilada o’rtacha taxminan 4-5 kishi yashashini hisobga olsak, 50 ming kishilik tumanda 10 ming xonadon joylashgan bo’ladi. Loyihada aholisi soni o’rtacha 50 ming bo’lgan yoki uy-xonadonlar soni 10 mingdan oshmaydigan aholi punkti tanlab olinadi. O’zbekistonda quyosh energiyasi potensiali va undan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadda Samarqand Davlat universiteti Xalqaro innovatsitalar va texnologiyalar transferi markazi xodimlari Nodirbek Anvarov va Zoxid Ernazarovlar Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan miniquyosh panellarini borib o’rganib chiqdi Bu loyiha tajriba uchun qilinishi kerak. Agar o’zini oqlasa uni boshqa tuman va qishloqlarga ham tatbiq qilsa bo’ladi. Loyiha o’zining oqlash va oqlamasligini 1-2 yilda ma’lum qiladi. Undagi elektr energiya hosildorligi, aholining elektr energiya ehtiyoji va raqamlar to’g’ri kelsa, bu o’zini oqlaganligini bildiradi. Ammo har qanday vaziyatda ham loyihaning amalga oshishi aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiya berishni ta’minlaydi. Loyihaning afzalliklarini umumlashtirib quyidagilarni xulosa qilsak bo’ladi: - Umumiy tarmoqqa ulanmagan FES kamida aholini hozirgi kunda iste’mol qilib turgan elektr energiyasidan ko’proq elektr energiya beradi. - O’z-o’zini moddiy tarafdan oqlaydi. - Yiliga kamida 100 GWh elektr energiya ishlab chiqaradi, bu degani 200 MW’lik issiqlik elektr stansiyasining to’liq quvvatda 500 soat ishlashini tejashi mumkin. Bu esa o’z navbatida uglevorod yoqilg’ilarini tejab qoladi degani. - Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida kadrlar yetishtirishda, quyosh energiyasi texnologiyalarning rivojlantirishda texnik bazasini shakllantirishda sababchi bo’ladi. Agar bu loyiha muvaffaqiyatli chiqsa, uning foydalarini bu respublika miqyosida chamalasak, ancha foydalarini ko’rishimiz mumkin. Faqat, bir tomoni hisobga olishimiz kerak. Bu loyihalarga ketadigan barcha jihozlarni avvalo O’zbekistonda ishlab chiqarishni yo’lga qo’ysak, ikki baravar foydasini ko’ramiz. Chunki, O’zbekistonda va shuningdek atrofdagi qo’shni davlatlarda ham quyosh energetikasi rivojlanmagan. Bu degani hali bu mintaqada minglab MW’li elektr stansiyalar quriladi. Bu esa o’z navbatida millionlab quyosh panellari, yuz minglab inverterlar, millionlab kilometr kabellar va shuningdek, millionlab dollarlik quyosh panellarining montaj tizimlari va minglab transformatorlar deganidir. Mana shu jihozlarni tashqaridan eksport qilsak, bu sohadagi eng katta kamchilik va xatomiz bo’ladi. Quyoshdan elektr energiyasi olganimizda, uning xom-ashyosi bo’lmaydi. Quyosh Allohning bir ne’mati va butun yer yuziga nurlarini tekinga sochadi. Biz esa shu quyosh texnikalarini o’zimizda ishlab chiqarmasdan import qilib, FES’lar qursak, xuddi shu tekin quyosh nurlarini sotib olgandek bo’lamiz.