O’zbekistonda birinchi bor Lyublin texnologiyalar universiteti (Polsha), Samarqand davlat universitetlari o’rtasida innovasion texnologiya skaneri bo’yicha ish boshlandi.
Samarqand davlat universiteti TDIUSFda innovasion haftaligida ishtirok etdi.
Innvatsion rivojlanish vazirligi Samarqand hududiy birlashmasi xodimlari Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan g‘oyalar bilan yaqindan tanishib chiqdi va ular ichidan amaliyotga tadbiq qilinadigan eng muhimlarini tanlab olindi
Samarqandning tarixiy binolari 3D-modellari asosida bolalar konstruktorlik o’yinchoqlari va mobil ilova yaratish
Samarqand davlat universiteti Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi 5 ta muhim tashabbus aks ettirilgan ko‘rgazmalar namoyishida ishtirok etdi
Samarqandda Polsha universiteti bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi
Samarqand davlat universitetida AQShlik professor smenar o’tkazdi
2021-04-07
O’zbekistonda birinchi bor Lyublin texnologiyalar universiteti (Polsha), O’zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti Ilmiy-amaliy muzey-laboratoriyasi hamda Xalqaro innovasiya va texnologiyalar transferi markazilari o’rtasida innovasion texnologiya skaneri bo’yicha ish boshlandi. Qayd etilishicha, O’zbekistonda ilk bor Polsha akademik milliy agentligi tomonidan «3D raqamli Ipak yo’li» loyihasi doirasida (NAWA), uning hamkori Lyublin texnologiyalar universiteti (Polsha), hamda Samarqand davlat universitetlari bilan birgalikda «O’zbekistonda Ipak yo’li madaniy merosini 3D raqamli skanerlash»ga qaratilgan ilmiy-amaliy o’quv smenari bo’lib o’tdi. Loyihani asosiy vazifalari kuyidagilardan iborat: • Madaniy meros obyektlarini 3D skanerlash uchun O’zbekistonning 4 ta shaharida 4 ta ilmiy tadqiqot ekspedisiyasini tashkil etish; • Olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, raqamli ponaramalar va 3D modellarni tayyorlash va ularni silkroad3d.com saytida joylashtirish; • 2 ta Xalqaro ilmiy konferensiyalarni tashkil etish (biri Polshada, ikkinchisi O’zbekistonda); • Polshada ilmiy ekspedisiya natijalarini aks etgan 2 ta fotoko’rgazma tashkil etish; • Muzeyshunoslikda 3D texnologiyalarini qo’llash sohasida O’zbekiston universitetlar ilmiy xodimlarini tayyorlash uchun Polshada 2 ta trening tashkil etish; • Polshada qo’shma ilmiy monografiyalarni tayyorlash va nashr etish; • silkroad3d.com veb-portalini 4 tilda o’zbekcha, ruscha, ingliz va polyak tilida olib borish va rivojlantirish. O’quv smenarda bugungi kun talabi raqamlashtirish borasida ham katta ish olib borilishi rejalashtirilgan. Hamkorlik doirasida Samarqand davlat universiteti Ilmiy-amaliy muzey-laboratoriyasi va Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi markazilari birgalikda SamDUga Lyublin texnologiyalar universiteti tomonidan taqdim etilgan 3D NEO skanerida ishlash, foydalanish, qo’llash, raqamlashtirish borasida bilim-ko’nikmalari o’rganildi. «Bundan ko’zlangan asosiy maqsadlar bugungi kun qadimiy obidalarimiz, orxeologik qazilma-boyliklarimiz bilan butun dunyo mamlakatlariga tanishtirish, mamlakatiimizga tashqi hamda ichki sayohlari oqimi ko’lamini kengaytirish, qimmat baho boyliklarimiz asl xolligini sablab qolib, ularni raqamlashtirish hamda turizmni rivojlantirishda o’z xissalarimizni qo’shishdir», — deyiladi xabarda. Seminar so’ngida ikki universitetlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan aniq xulosalarga kelinib, bir qator masalalar kelgusidagi qilinishi kerak bo’lgan ishlar borasida kelishib olinib, shartnomalar imzolandi hamda sertifikat va esdalik sovg’alari topshirildi.