O’zbekistonda birinchi bor Lyublin texnologiyalar universiteti (Polsha), Samarqand davlat universitetlari o’rtasida innovasion texnologiya skaneri bo’yicha ish boshlandi.
Samarqand davlat universitetida AQShlik professor smenar o’tkazdi
Samarqandning tarixiy binolari 3D-modellari asosida bolalar konstruktorlik o’yinchoqlari va mobil ilova yaratish
Samarqand davlat universiteti Malayziya universitetlari bilan hamkorlikda vebinarlar o‘tkazmoqda
Innvatsion rivojlanish vazirligi Samarqand hududiy birlashmasi xodimlari Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan g‘oyalar bilan yaqindan tanishib chiqdi va ular ichidan amaliyotga tadbiq qilinadigan eng muhimlarini tanlab olindi
Samarqand davlat universiteti Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi 5 ta muhim tashabbus aks ettirilgan ko‘rgazmalar namoyishida ishtirok etdi
Samarqand davlat universiteti TDIUSFda innovasion haftaligida ishtirok etdi.
Samarqand davlat universitetida Polshaning Lyublin Texnologiya Universiteti bilan hamkorlikda NAWA loyihasi doirasida Samarqand shahridagi tarixiy binolarning 3D modellarini yaratish rejalashtirilgan. Loyihada ushbu modellar yordamida bolalar konstruktorlik o’yinchoqlari va mobil ilova yaratish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida 3D modellarni turli sondagi bo’laklarga bo’lish algoritmi va dasturiy vositasi yaratiladi. Ushbu dastur esa o’z navbatida turli yosh toifasiga mo’ljallangan (3 yoshdan 12 yoshgacha) turli qiyinchilidagi bolalar o’yinchoqlari va mobil ilova ko’rinishdagi o’yinlar yaratishga asos bo’ladi. Samarqandning turli tarixiy binolari 3D-modellari yaratiladi. Ushbu modellar asosida 3-12 yoshgacha bolalar uchun yig’iluvchi plastik o’yinchoqlar va 3D-jumboq ko’rinishidagi o’yin yaratiladi. 10 dan ortiq ish o’rinlari yaratiladi. Ushbu o’yinchoqlar bolalarni har tomonlama yetuk, barkamol avlod sifatida tarbiyalash, dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy xotirasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lmi tashkilotlari, maktabalarning boshlang’ich sinflari. Startap loyihasi iqtisodiy jihatdan 2 yilda o’zini to’liq oqlaydi. Keyingi yillarda loyihani rivojlantirib Respublikaning turli hududlaridagi tarixiy bino va inshoatlar, shuningdek haykallarning 3D modellarini yaratishva mahsulotlarni amazon.com, alibaba.com kabi platformalar orqali eksport qilish imoniyati yaratiladi. Loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan umumiy mablag’: 750 mln. so’m Shundan, Tadbirkor mablag’lari: 150 mln. so’m Innovasion rivojlanish vazirligi mablag’lari: 750 mln. so’m